11 Dekabr 2022 946

Bugun ikki polvonimiz JCHda ishtirok etishadi

Kolumbiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kunida O‘zbekiston terma jamoasining yana ikki nafar vakili Og‘abek To‘xtayev hamda Muhammadqodir Toshtemirov supaga chiqishadi. Har ikki sportchimiz ham -81 kg vazn toifasida ishtirok etishadi. To‘xtayev Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadigan “B” guruhida kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida debyut qilsa, Toshtemirov 12 dekabrga o‘tar kechasi 02:30 da start oladigan “A” guruhi bahslarida medallar uchun kurashadi. Chempionlik uchun bellashadigan guruh tarkibi:

Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston)
Yeleman Seitkazi (Qozog‘iston)
Jaye Vu Kim (Koreya Respublikasi)
Oskar Martines (Italiya)
Dayin Li (Xitoy)
Mir Mustafo Javodi (Eron)
Gustavo Maldanado (Kolumbiya)
Rejepbay Rejepov (Turkmaniston)
Marin Robu (Moldova)
Andres Mata (Ispaniya)
Andres Kaysedo (Kolumbiya)
Chjiyong Shi (Xitoy)

Text to speech