10 Dekabr 2022 948

Bekzod Qurbonov Polshada ikki bor sovrindor bo’ldi

Polshaning Leshno shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Eʼtiborlisi, unda qatnashgan hamyurtimiz Bekzod Qurbonov oltin va bronza medallariga sazovor boʻldi.

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sardori balandligi 130 smni tashkil etgan toʻsiqlardan sakrash bahsida “Lady” laqabli otda eng yaxshi natijani qayd etdi. 140 sm balandlikda “Matts” tulporida ishtirok etgan Qurbonov uchinchi oʻringa koʻtarildi. Mazkur dasturda u ikki otda oʻz omadini sinab koʻrgan germaniyalik Filipp Shoberdan keyingi natijani koʻrsatdi.

Text to speech