10 Dekabr 2022 1053

Og‘ir atletika: Doston Yoqubov va Adham Ergashev ishtiroklarini yakunlashdi

Kolumbiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar vakili Doston Yoqubov hamda Adham Ergashev -67 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishdi. Biroq hamyurtlarimiz bu gal shohsupaga ko‘tarila olmadilar.

Yoqubov dast ko‘tarishda 135 kg bilan o‘n ikkinchi, siltab ko‘tarishda 172 kg bilan yettinchi va umumiy hisobda 307 kg bilan sakkizinchi pog‘onada musobaqani yakunladi. Afsuski, Adham Ergashev dast va siltab ko‘tarish mashqlarida hech bir urinishdan unumli foydalana olmadi.

Og‘ir atletika bo‘yicha JCh
Erkaklar, -67 kg:

1. Fransisko Moskera (Kolumbiya)  – 325 (143+182) kg
2. Lijun Chen (Xitoy)  – 324 (148+176) kg
3. Virapxon Vichuma (Tailand)  – 323 (143+180) kg . . .
8. Doston Yoqubov (O‘zbekiston)  – 307 (135+172) kg

Text to speech