9 Dekabr 2022 1648

Xiva yirik etnosport festivaliga tayyorlanmoqda

Xiva shahrida 2023 yil sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro Etnosport festivalini tashkil etish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda Sportni rivojlantirish
vaziri Adham Ikramov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi «Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-259-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro Etnosport festivalini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Yig‘ilishda MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov ham qatnashdi.

Taqdimotda ustuvor vazifalar sifatida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Festivalga dunyoning 65 ta mamlakatidan mehmonlar taklif etilishi kutilmoqda:

 

mehmonlar soni 1500 nafarni tashkil etadi:

 

shundan, martabali mehmonlar – 250 kishi (sport vaziri, sport vaziri yordamchisi, etnosport assotsiatsiyalari rahbarlari va hokazo);

 

xizmatchilar va sportchilar – 1250 nafar;

 

«VIP» toifali mehmonlar (250 nafar) – Xiva shahridagi Farovon mehmonxonasiga joylashtiriladi;

 

mehmonlar, xizmatchilar va sportchilar (1250 nafar) Xiva shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 144 ta (shundan 83 tasi Ichan qal’ada, 61 tasi Xiva shahrida joylashgan) mehmonxonadan o‘rin olishadi.

Taqdimot yakuni bo‘yicha Sportni rivojlantirish vaziri ushbu yo‘nalishdagi qo‘shimcha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Text to speech