Doston Yoqubov hamda Adham Ergashevga muxlislik qilamiz
Og‘ir atletika bo‘yicha Kolumbiyada o‘tayotgan jahon chempionatida bugun O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi. -67 kg vazn toifasida kechadigan bahslarda Amaldagi jahon chempioni Doston Yoqubov hamda Tokio-2020 Olimpiadasi qatnashchisi Adhamjon Ergashev supaga chiqadi. Hamyurtlarimizning ishtiroki Toshkent vaqti bilan 10 dekabr 02:30 ga to‘g‘ri keladi. Ushbu vaznning “A” guruhida g‘oliblik uchun bellashadigan sportchilar:
Doston Yoqubov (O‘zbekiston)
Adhamjon Ergashev (O‘zbekiston)
Fehmi Gench (Turkiya)
Anatoliy Savelev (Qozog‘iston)
Xayr Vidal (Ekvador)
Fransisko Moskera (Kolumbiya)
Virapxon Vichuma (Tailand)
Tojonirina Alain (Madagaskar)
Vitsanu Chantri (Tailand)
Sangeon Li (Koreya Respublikasi)
Lijun Chen (Xitoy)