8 Dekabr 2022
1545
Jalolov qiyinchiliksiz keyingi davraga o’tdi
Boks boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov mamlakat chempionatidagi ishtirokini boshladi. Hamyurtimiz birinchi davrada Jamshid Xudoyberganov bilan jang olib bordi. Taniqli bokschimiz bahsni toʻliq oʻz nazoratida oʻtkazdi va 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uning keyingi davradagi raqibi kuni kecha Iordaniyada oʻtgan Osiyo chempionati gʻolibi Lazizbek Mullojonov boʻladi.