MOQ mutasaddilari "O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi
Bosh qomusimizning 30 yilligi munosabati bilan turli sohalarda mamlakatimiz rivoji yoʻlida xizmat qilgan hamyurtlarimiz Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishmoqda. Bugun ham Sportni rivojlantirish vazirligi hamda MOQ mutasaddilariga ushbu koʻkrak nishoni topshirildi.
Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov oʻrinbosari Murod Ismoilov, shuningdek, MOQ raisi oʻrinbosarlari Ravshan Irmatov hamda Saken Polatovga ushbu mukofotni tantanali ravishda topshirdi. Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi. Adham Ilhamovich mukofot egalarining uzoq yillik samarali mehnatlari uchun tashakkur bildirib, ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tiladi.