6 Dekabr 2022
1081
Jahon sportida nima gap?
- Kolumbiyada og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. Birinchi oltin medal ayollar o‘rtasida -45 kg vazn toifasida o‘ynaldi. Unda tailandlik Txanyaton Sukchareon 182 (82+100) kg natija bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
- Inflyatsiya sabab Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining byudjeti yil davomida 4.20 milliard AQSh dollaridan 4.62 milliardga oshdi.
- Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida Dakar-2026 yozgi o‘smirlar Olimpiadasining sanasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, bo‘lajak musobaqa 2026-yilning 31-oktyabr – 13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
- Tokio shahri 2025-yil o‘z tarixida ikkinchi bor yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatini qabul qiladi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasi ushbu dunyo birinchiligining sanasini 13-21-sentyabr kunlariga belgiladi. Bahslar Tokio-2020 Olimpiadasining bosh arenasida tashkil etiladi.