6 Dekabr 2022 1297

Butunjahon yengil atletika federatsiyasi 2022-yilning eng yaxshi sportchilarini maʼlum qildi

Unga koʻra, erkaklar oʻrtasida shvetsiyalik Arman Dyuplantis hamda ayollar toifasida amerikalik Sidney Maklaflin-Levron eng yaxshilar deb topildi.

Shvetsiyalik atlet joriy yil langarchoʻpga tayanib sakrash boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba qozonibgina qolmay yil davomida 3 bor jahon rekordini yangilashga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, Maklaflin-Levron oʻz yurtida oʻtgan dunyo birinchiligida 400 metrga toʻsiqlar osha sakrash dasturida oltin medalni qoʻlga kiritish bilan birga jahon rekordini ham yangilagan.

20 yoshgacha boʻlgan atletlar orasida “Porlayotgan yulduz” nominatsiyasida Adriana Vilagos va Errion Nayton gʻalaba qozonishdi. Ahamiyatlisi, Dyuplantis va Maklaflin-Levron 4 yil avval (19 yoshida) birgalikda ushbu sovringa ega chiqishgan.

Text to speech