4 Dekabr 2022 1094

Yurtimizning mohir chavandozlari “Allyur”da jam bo‘lishdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour-2022” musobaqasining to‘qqizinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar qatori O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev 120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida ikkita otda o‘z imkoniyatni sinab ko‘rdi va har ikki chiqishda ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Batafsil:

"F" toifasi, 110 sm (to‘siq balandligi):
1. Anna Sigidina ("Elis G", laqabli otda)
2. Ma’rufbek Abdullayev ("Yadgar Sher")
3. Taisiya Lokteva ("Gayums").

"E" toifasi, 120 sm:
1. Farrux O‘rinboyev ("Gled Stoun")
2. Bahromjon Gaziyev ("Etos")
3. Bahromjon Gaziyev ("Leo King")

"S" toifasi, 115 sm:
1. Akbar Sharipov ("Keshmeyker")
2. Dilshod Shokirov ("Elis G")
3. Sarvarbek Toirov ("Rizotta")

"B" toifasi, 130 sm:
1. Temur Azizov ("Furina Fan de Fiarat Z")
2. Sergey Antonovich ("Skay")
3. Xurshidbek Alimjonov ("Lastij Sok")

"D" toifasi, 135 sm:
1. Temur Azizov ("Ileksta")
2. Sergey Antonovich ("Uilbot")
3. Jasur Hotambekov ("Omadli yulduz")

"A" toifasi, 150 sm:
1. Xurshidbek Alimjonov ("Chempionlar ligasi")

Text to speech