Birinchi kunda ikki kumush medal
Toshkent qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining yana bir bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Bu gal qizlar o‘rtasida rapira, yigitlar toifasida esa shpaga qurolida dunyoning eng kuchli yosh sportchilari poytaxtimizda jam bo‘lishdi.
Musobaqaning birinchi kunida yakkalik bellashuvlari tashkil etildi. Unda hamyurtlarimiz Marjon Usmonova hamda Meyirxan Timurov finalgacha yetib kelishdi. Afsuski, hal qiluvchi pallada vakillarimizga omad etishmadi va ular kumush medal bilan taqdirlanishdi. Natijalar:
Qizlar, rapira:
1. Almila Durukan (Turkiya)
2. Marjona Usmonova (O‘zbekiston)
3. Mariya Kojokari (Moldova)
3. Andrea Dinka (Ruminiya)
Yigitlar, shpaga:
1. Bogdan Lukin (Qozog‘iston)
2. Meyirxan Timurov (O‘zbekiston)
3. Yusuf Shamel (Misr)
3. Halil Elibol (Turkiya)