3 Dekabr 2022
1224
Pattayyadan xushxabar
Tailandning Pattayya shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionatida hal qiluvchi palla boshlandi. Bugundan turli masofalarda final bahslariga start berildi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi kun davomida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi. Gʻolib va sovrindorlar:
Oltin medal:
JM4 U19: Daler Ashurov, Shaxriyor Hamdamov, Sardor Xayrullayev, Obidjon Joʻraqulov
Kumush medal:
M4: Shuhrat Shodiyev, Sardor Toʻlqinxoʻjayev, Fazliddin Karimov, Alisher Turdiyev
JW1X U19: Rayxona Safarova
Bronza medal:
LM4: Samir Roziqov, Shahzod Nurmatov, Alisher Yarov, Sobirjon Safaraliyev
JW4X U19: Ruxshona Islomova, Nargiza Joldosbayeva, Yelena Soloveva, Rayxona Safarova