1 Dekabr 2022 852

Chavandozlarimiz Rossiyadagi xalqaro musobaqada

Bugun Rossiyaning Moskva shahridagi “Maxsima Park” ot sporti klubida "Maxsima Masters" musobaqasining final bosqichi boshlandi. Unda konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

4 dekabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada G‘ayrat Nazarov faxriylar o‘rtasidagi bahslarda, bolalar toifasida esa joriy yil Yevrosiyo ligasida ushbu yo‘nalishda g‘alaba qozongan Bobur Valijonov mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Yurtdoshlarimizga bo‘lajak musobaqada omad tilaymiz!

Text to speech