30 Noyabr 2022
1188
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio “Katta dubulgʻa” musobaqasida qatnashmaydi
3-4-dekabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Ammo Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada ishtirok etmaydi.
Terma jamoa murabbiylar shtabining rejasiga koʻra, sportchilarimiz hafta yakunida Tokioga borishadi. Biroq turnirda qatnashmay, undan soʻng ishtirokchi davlatlar oʻrtasida tashkil etiladigan xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlishadi.
Yigʻin 20-22-dekabr kunlari Isroilda oʻtadigan Masters musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Qayd etish joiz, Masters nufuzi jihatdan jahon chempionatidan keyingi oʻrinda turuvchi musobaqa hisoblanadi. Shu bois, ayni paytda bor eʼtibor ushbu startga qaratilgan.