Dilshod Mahmudov 40 yoshda!
Bugun oʻtgan oʻn yillikdagi taniqli bokschilarimizdan biri Dilshod Mahmudov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Dilshod Mahmudov 1982-yil Toshkentda tugʻilgan. Asosan -64 kg vazn toifasida ishtirok etgan bokschimiz 2005-yil jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Pusan-2002 Osiyo oʻyinlarining (-60 kg) oltin, Doxa-2006 musobaqasining bronza medali sohibi hisoblanadi. Dilshod Mahmudov Afina-2004, Pekin-2008 yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. Pekin Olimpiadasining ochilish marosimida esa delegatsiyamiz bayroqdori boʻlishdek sharafga erishgan. Xalqaro maydonda erishgan yutuqlari evaziga davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Dilshod Mahmudovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.