Og'ir atletikachilarimiz so'nggi yig'inda
Og‘ir atletika bo‘yicha Kolumbiyada start oladigan jahon chempionatiga ham oz fursat qoldi. O‘zbekiston terma jamoasi ayni paytda Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lajak musobaqaga so‘nggi tayyorgarlik yig‘inini olib bormoqda. Murabbiylar shtabining rejasiga muvofiq, atletlarimiz hozirda maxsus texnik harakatlar ustida ishlashmoqda. Terma jamoa 5 dekabr kuni Bogota shahriga yo‘l oladi. Eslatib o‘tamiz, 5-16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqada quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Og‘abek To‘xtayev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
-109 kg: Ruslan Nurudinov
+109 kg: Akbar Jo‘rayev
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-81 kg: Rigina Adashbayeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova