28 Noyabr 2022 1033

Chavandozlarimiz Polshada mahorat ko‘rsatishdi

25-27 noyabr kunlari Polshaning Leshno shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz Bekzod Qurbonov va Alisher Erkinov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishdi.

Xususan, Qurbonov 1-kun doirasida 130 sm balandlikdan sakrash bellashuvlarida "Xonim" laqabli otda faxrli 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, u mazkur dksturda "Metts" laqabli otda ham o‘z imkoniyatini sinab ko‘rdi va unda 6-natijani ko‘rsatdi.

Alisher Erkinov esa 110 sm balandlikdan iborat to‘siqlardan sakrash bahslarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning uchinchi kunida ham yigitlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etib, muxlis va mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldilar. Musobaqaning Gran-pri yo‘nalishi hisoblangan 150 sm to‘siqlardan sakrash bahslarida Bekzod Qurbonov "Metts" otida 60 nafar ishtirokchi orasida 7-pog‘onani band etdi.

Bugundan konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Leshno shahridagi ot sporti klubida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlashdi.

Text to speech