27 Noyabr 2022 1170

Konkur ustalari “Uzbekistan Global Tour 2022”ning navbatdagi bosqichida bahs olib borishdi

“Universal Horses Stable” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour 2022” musobaqasining sakkizinchi bosqichi o‘tkazildi. Mazkur bosqichda ham hamyurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarusdan tashrif buyurgan mohir chavandozlar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Qiziqarli kurashlarga boy bo‘lgan sakkizinchi bosqich natijalari quyidagicha: 

“F” toifasi, 105 sm (to‘siq balandligi): 

1. Sergey Antonovich (Belarus, “Sharman Blyu” laqabli otda) 

2. Mirzohid Musayev (“Getsbi”)

3. Ubaydulloh Fozilxo‘jayev (“Chempion”)

“E” toifasi. 115 sm: 

1. Dayana Onayeva (Qozog‘iston, “Gvendulayn”)

2. Sergey Antonovich (Belarus, “Lotto”)

3. Mirfattoh Odilov (“Gordiy”)

“C” toifasi (12-14 yoshli bolalar), 115 sm: 

1. Amina Akshina (Qozog‘iston, “Gordiy”)

2. Boburjon Valijonov (“Alonso 43”)

3. Akbar Sharipov (“Keshmeker”)

“B” toifasi, 125 sm: 

1. Xurshidbek Alimjonov (“Lastij Sok”)

2. Temur Azizov (“Furina Fan De Fiarat Z”)

3. Bekzod Ro‘zmuhammedov (“Ornella”)

“D” toifasi, 130 sm: 

1. Nurilla Nurisbekova (Qozog‘iston, “Jorni”)

2. Nurilla Nurisbekova (Qozog‘iston, “Kandinskiy”)

3. G‘ayrat Nazarov (“Losinos Boy”)

“A” toifasi, 145 sm: 

1. Xurshidbek Alimjonov (“Chempions Liga”)

Text to speech