Yosh bokschilarimiz jahonda tengsiz!
Ispaniyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu natijani hech bir jamoa yangilay olmadi va muzaffar yoshlarimiz chempionatni umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakundashdi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Oltin medal:
-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva
-57 kg: Baxtiyor Asadov
-67 kg: Javohir Ummataliyev
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev
-75 kg: To‘rabek Xabibullayev
Kumush medal:
-80 kg: Rahmatillo Boymatov
-70 kg: Aziza Zokirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Bronza medal:
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev
-75 kg: Sahobat Husanova
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston boks federatsiyasi, sportchilarimiz va murabbiylar shtabi, barcha muxlislarimizni samimiy qutlaydi.