26 Noyabr 2022 1320

Timur Kapadze – 2022 yilning eng yaxshi murabbiyi!

O‘zbek futbolining 2022 yilgi eng yaxshilari kim bo‘ldi? Bu savolga bugun “Renaissance hall” majmuasida joriy yil sarhisobiga bag‘ishlangan “ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022” taqdirlash marosimida javob olindi. O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Coca Cola” Superligasi, shuningdek, ayollar futbolidagi eng yaxshilar taqdirlanishdi. Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshida tuzilgan “Olimpik” klubi bosh ustozi Timur Kapadze “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi. Marosimda Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Professional futbol ligasi rahbariyati, xususan, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi. Nominatsiyalar va ularning g‘oliblari quyidagicha ko‘rinish oldi:

“O‘zbek futbolining nuroniysi” – Birodar Abduraimov
“Fidoyilik ramzi” – Anvar Ohunov
“Yil hakami” – Vadim Agishev va Roziyabonu Yusupova
“Fair Play” – “Xorazm” futbol klubi
“Eng yaxshi yoshlar murabbiyi” – Farhod Nishonov
“Yosh yulduz” – Abbosbek Fayzullayev
“Eng yaxshi futzal murabbiyi” – Bahodir Ahmedov
“Eng yaxshi futzalchi” – Husniddin Nishonov
“Ayollar oliy ligasi murabbiyi” – Vladislav Xan (“Sevinch”)
“Ayollar oliy ligasi futbolchisi” – Maftuna Shoyimova (“Sevinch”)
“Ayollar oliy ligasi to‘purari” – Diyora Habibullayeva (“So‘g‘diyona- W”)
“Pro liga murabbiyi” – Viktor Kumikov (“Andijon”)
“Pro liga futbolchisi” – Ro‘zimboy Ahmedov (“Buxoro”)
“Coca-Cola Superliga to‘purari” – Dragan Cheran (“Paxtakor”)
“Coca-Cola Superliga murabbiyi” – Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”)
“Coca-Cola Superliga futbolchisi” – Dragan Cheran (“Paxtakor”)
“Coca-Cola Superligada yil goli” – Islom Toshpo‘latov (“Surxon”)
“Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi” – Sherali Boboqulov (“So‘g‘diyona-W”)
“Eng yaxshi ayol futbolchi” – Mahliyo Sarikova (“Sevinch”)
“Yilning eng yaxshi murabbiyi” – Timur Kapadze (O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va “Olimpik” bosh murabbiyi)
“Yilning eng yaxshi futbolchisi” – Jamshid Iskanderov (“Navbahor”)

Text to speech