Olti nafar bokschimiz chempionlik uchun ringga ko‘tariladi
Bugun Ispaniyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanadi. Finallarning ikkinchi kunida quyidagi 6 nafar hamyurtimiz oltin medal uchun bahs olib boradi.
-67 kg: Javohir Ummataliyev - Nurbek Mursal (Qozog‘iston) (22:15 dan so‘ng)
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev - Levante Gemes (Vengriya) (22:45 dan so‘ng)
-70 kg: Aziza Zokirova - Veronika Nakota (Ukraina) (23:00 dan so‘ng)
-75 kg: To‘rabek Xabibullayev - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) (23:15 dan so‘ng)
-80 kg: Rahmatillo Boymatov - Mikita Zasenok (Ukraina) (23:30 dan so‘ng)
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Amber Moss (Angliya) (00:10 dan so‘ng)
Eslatib o‘tamiz, kecha Gulsevar G‘aniyeva (-48 kg) hamda Baxtiyor Asadov (-54 kg) o‘z janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.