25 Noyabr 2022 898

Gandbolchi qizlarimiz Osiyo chempionatida birinchi o‘yinni o‘tkazishdi

Koreya Respublikasida gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi qit’a birinchiligiga start berildi. “A” guruhidan joy olgan terma jamoamiz ilk o‘yinda Eronga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘lim qizlarimizning 16:15 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ammo ikkinchi 30 daqiqalikda aniqroq harakat qilgan forslar yakunda 35:32 hisobida ustun kelishdi.

O‘zbekiston – Eron 32:35

Qizlarimiz guruhdagi ikkinchi uchrashuvni 27 noyabr kuni Hindistonga qarshi o‘tkazishadi.

Text to speech