24 Noyabr 2022 181

Yosh trampolinchilarimiz jahon chempioni boʻlishdi

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida trampolin boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillari oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.

11-12 yosh toifalarida kechgan batutda sinxron sakrash dasturida hamyurtlarimiz Firdavs Ibragimov hamda Sardor Muhammadiyev eng yuqori natija qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldilar. Shuningdek, ushbu yosh toifasining akrobatik yoʻlakcha dasturida Serdan Shodiyev ham jamoamiz hisobiga oltin medalni taqdim qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech