24 Noyabr 2022 963

Jahon va Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinovni tabriklaymiz!

Bugun ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Ruslan Nurudinov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ruslan Nurudinov 1991-yilning 24-noyabr kuni Andijon viloyati Xonabod shahrida dunyoga kelgan. Hamyurtimiz faoliyati davomida sportchi gʻalaba qozonishi mumkin boʻlgan barcha musobaqalarda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Nurudinovda mamlakat birinchiligi, qitʼa va jahon chempionati, Osiyo va Olimpiya oʻyinlarining oltin medallari bor. Sportchimiz Osiyo va Olimpiya oʻyinlari rekordchisi ham hisoblanadi. 2021-yil poytaxtimizda oʻtgan qitʼa chempionatida siltab koʻtarish mashqida jahon rekordini yangiladi. Koʻrsatgan xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan “El-yurt hurmati” ordeni va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 31 yoshni qarshi olgan Ruslan Nurudinovni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech