24 Noyabr 2022 1727

Shomurod Shofayziyev 56 yoshda!

Bugun yurtimiz sporti fidoyilaridan biri, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari Shomurod Shofayziyev oʻz tavallud ayyomini nishonlayapti.

Shomurod Muhsinovich uzoq yillardan beri nafaqat sport kurashlari, balki oʻzbek sporti rivoji yoʻlida oʻzining beminnat yordamini berib kelmoqda. Xususan, kurashchilarimizning xalqaro arenalarda qoʻlga kiritayotgan muvaffaqiyatlari zamirida ushbu mutaxassisning ham xizmatlari katta. Shomurod Shofayziyevning sport sohasiga qoʻshgan hissasi xalqaro maydonda ham yuqori baholangan boʻlib, Ukrainaning Odessa shahrida oʻtkazilgan “Oltin mangust-2018” Xalqaro mukofotining “Jismoniy tarbiya va sport rivojiga qoʻshayotgan hissasi hamda xalqlar orasidagi doʻstlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” nominatsiyasida taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Shomurod Shofayziyevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech