Dzyudo bo‘yicha mamlakat chempionatining birinchi kun natijalari bilan tanishing
Poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida mamlakat birinchiligi start oldi. “Universal” sport majmuasida kechgan yengil vazn toifasidagi bellashuvlarda kutilmagan natijalarga ham guvoh bo‘ldik. Jumladan, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Sardor Nurillayev (-66 kg) sovrindorlar qatorida joy ololmadi. Jahon chempionatida 5-natijani qayd etgan Dilshod Baratov esa finalda Kamoliddin Baxtiyorovga imkoniyatni boy berdi. Batafsil:
Erkaklar, -60 kg:
1. Kamoliddin Baxtiyorov (Qashqadaryo)
2. Dilshod Baratov (Surxondaryo)
3. Zamaxshariy Bekmurodov (Buxoro)
3. Doston Ro‘ziyev (Qashqadaryo)
-66 kg:
1. Boburjon Vajdiyev (Toshkent sh.)
2. Abdurahmon Nutfullayev (Toshkent sh.)
3. Manuchehr Shirinov (Buxoro)
3. Muhriddin Tilovov (Qashqadaryo)
Ayollar, -48 kg:
1. Halima Qurbonova (Xorazm)
2. Gulnur Muratbayeva (Qoraqalpog‘iston)
3. Maqsuda Bekjanova (Xorazm)
3. Fotimaxon Tursunboyeva (Namangan)
-52 kg:
1. Sita Qadamboyeva (Xorazm)
2. Sitora Yelmurodova (Toshkent vil.)
3. Sevinch Ahmedova (Toshkent vil.)
3. Gulhayo Jo‘rayeva (Qashqadaryo)
-57 kg:
1. Shukurjon Aminova (Xorazm)
2. Nilufar Ermaganbetova (Qoraqalpog‘iston)
3. Ibodat Agajanova (Andijon)
3. Yulyana Maksetbayeva (Qoraqalpog‘iston)