23 Noyabr 2022 997

10 nafar bokschimiz yarim finalga yo'l oldi

Ispaniyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz munosib ishtirok etishmoqda. Chorak final bosqichining ikkinchi kunida ringga ko‘tarilgan barcha vakillarimiz chiroyli g‘alabaga erishishdi. Jumladan, -75 kg vazn toifasida Sahobat Husanova ekvadorlik raqibasini 2-raundda texnik nokautga uchratdi. Kechaning to‘liq natijalari:

Yigitlar:
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev – Sulton Osmanli (Turkiya) 5:0
-75 kg: Baxtiyor Asadov – Sulaymmon Samguli (Marokash) 4:0
-80 kg: Rahmatullo Boymatov – Mixail Samaladis (Gretsiya) 4:1

Qizlar:
-75 kg: Sahobat Husanova – Gabriyella Kazar (Ekvador) texnik nokaut

Shu tariqa, yarim finalga yo‘l olgan hamyurtlarimiz soni 10 nafarga yetdi. Bugungi dasturda finalchilar aniqlab olinadi.

Text to speech