22 Noyabr 2022 1033

4 nafar bokschimiz yarim final uchun ringga ko'tariladi

O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida chorak final janglari davom etadi. Bugun Ispaniya ringlarida o‘tayotgan musobaqada terma jamoamiz tarkibidagi 4 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari yarim final yo‘llanmasi uchun jang olib borishadi. Juftliklar bilan tanishing:

Yigitlar:
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev – Sulton Osmanli (Turkiya)
-75 kg: Baxtiyor Asadov – Sulaymmon Samguli (Marokash)
-80 kg: Rahmatullo Boymatov – Mixail Samaladis (Gretsiya)

Qizlar:
-75 kg: Sahobat Husanova – Gabriyella Kazar (Ekvador)

 Eslatib oʻtamiz, kechagi bellashuvlardan soʻng 6 nafar bokschimiz yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

Text to speech