22 Noyabr 2022 1038

Dastlabki yarim finalchilar aniqlandi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi vakillari Ispaniyada davom etayotgan jahon chempionatida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Ortda qolgan kun dasturida 9 nafar vakilimiz chorak final bosqichida ringga ko‘tarilib, ularning 6 nafari yarim final yo‘llanmasi bilan birga musobaqa medalini naqd qildi. Batafsil:

-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva - Yi-Xuan Guo (Xitoy Taipeyi) G‘alaba
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Krisovalanu Kutsokristu (Germaniya) Mag‘lubiyat
-63 kg: Sitora Bahodirova - Magali Errera (Argentina) Mag‘lubiyat
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Sheyn Rayyan (Irlandiya) G‘alaba
-67 kg: Javohir Ummataliyev - Ares Xakobyan (Armaniston) G‘alaba
-70 kg: Aziza Zokirova - Gauxar Shaibekova (Qozog‘iston) G‘alaba
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Yelena Pepek (Polsha) G‘alaba
-75 kg: To‘rabek Xabibullayev - Alik Ovanisyan (Armaniston) G‘alaba
-92 kg: Aynazar Kenesbayev - Muhammad Holid (Misr) Mag‘lubiyat

  • Yarim final janglari ertaga oʻtkaziladi.
Text to speech