21 Noyabr 2022 901

Regbichilarimiz Koreya yig'inida

Ayni kunlarda regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Koreya Respublikasida boʻlib turibdi. Jamoamiz u yerda oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etmoqda.

Har ikki mamlakat regbi federatsiyalarining hamkorligi asosida tashkil etilgan ushbu loyihaga koʻra, sportchilarimiz 23-noyabrga qadar Seulda boʻlishadi. Jamoamiz Koreya Respublikasi Olimpiya qoʻmitasining Milliy mashgʻulot markaziga joylashgan. Yigʻin doirasida mahalliy jamoa bilan oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Text to speech