21 Noyabr 2022 1337

Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida eng kuchli konkurchilar aniqlandi

Poytaxtimizda ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour-2022” musobaqasining yettinchi bosqichi o‘tkazildi. Bu galgi bellashuvlarga Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qildi. Ushbu bosqichda ham hamyurtlarimiz qatori bir qator xorijlik sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. G‘olib va sovrindorlarning yakuniy ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

“F” toifasi, 105 sm (to‘siq balandligi):
1. Anna Sigidina (“Elis Ji”, ot laqabi)
2. Taisiya Lokteva (“Gayums”)
3. Ashrafxon Nigmatov (“Bakar Bonni Ji”)

“Е” toifasi, 115 sm:
1. Sergey Antonovich (“Konrad”)
2. Nig‘mat Ismoilov (“Kuin”)
3. Valixon Xoldiboyev (“Admen”)

“С” toifasi, 110 sm:
1. Javohir Dilxushev (“Kechmeker”)
2. Firdavsbek Davronbekov (“Rizotto”)
3. Boburjon Valijonov (“Alonso 43”)

“В” toifasi, 125 sm:
1. Isajon Sodiqov (“Sidney Jekson”)
2. G‘ayrat Nazarov (“Affir”)
3. Isajon Sodiqov (“Rodiberger”)

“D” toifasi, 130 sm:
1. G‘ayrat Nazarov (“Losinos Boy”)
2. Jasurbek Xotambekov (“Laki Star”)
3. Temur Azizov (“Ileksta”)

"A" toifasi, 145 sm:
1. Xurshidbek Alimjonov

Text to speech