20 Noyabr 2022 1631

“O‘zbek tulpori” nomli yangi ot zoti yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3057 son qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi. Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi “O‘zbegim otlari” majmuasida o‘tgan tadbirda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari B.Norqobilov, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi B.Gaziyev, “O‘zbegim otlari” MChJ rahbari A.Ismoilov, shuningdek, 100 nafardan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Tadbirda O‘zbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish hamda dolzarb muammolar yechimi, sohada erishilayotgan yutuqlar, sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalardagi ishtirokiga oid ma’ruza atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi mutaxassislariga “O‘zbegim otlari” ot zavodida o‘zlari yaratgan “o‘zbek tulpori” nomli yangi ot turini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ko‘rgazmali seminar davomida axalteke, arab va ingliz zotli otlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Text to speech