Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi o‘tmoqda
Poytaxtimiz ayni kunlarda qilichbozlik bo‘yicha yana bir musobaqani o‘zida qabul qilmoqda. Qizlar o‘rtasida kechayotgan bahslarda sablya va shpaga bo‘yicha dunyoning eng kuchli qilichbozlari g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti.
Ortda qolgan kun dasturida yakkalik bellashuvlari o‘tkazilib, unda terma jamoamiz vakillari 1 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Oltin medalni shpagachi qizimiz Sevara Rahimova qo‘lga kiritdi. Batafsil:
Shpaga, qizlar:
1. Sevara Rahimova (O‘zbekiston)
2. Damlanur Sonmus (Turkiya)
3. Marvarid Zuvaydulloyeva (O‘zbekiston)
3. Yagmur Sonmus (Turkiya)
Sablya, qizlar:
1. Nisonur Erbil (Turkiya)
2. Ilinsa Pantis (Ruminiya)
3. Fernanda Errera (O‘zbekiston)
3. Samira Shokirova (O‘zbekiston)
Bugun musobaqada jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.