18 Noyabr 2022 1196

Merganlarimiz Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunlashdi

Koreya Respublikasida o‘q otish sporti bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning oxirgi kunida ham sportchilarimiz shohsupaga ko‘tarilishdi. 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha mikst dasturida Muhammad Kamalov hamda Nigina Saidqulova juftligi kumush medal bilan taqdirlandi.

1. Hindiston 
2. O‘zbekiston
3. Koreya Respublikasi

Ushbu qit’a birinchiligida 17 mamlakatidan tashrif buyurgan merganlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.

1. Hindiston 
2. Koreya Respublikasi 
3. O‘zbekiston

Text to speech