18 Noyabr 2022
1254
Og'ir atletikachi qizlarimiz Turkiyada muvaffaqiyatli o'tkazishdi
Turkiyaning Antalya shahrida og‘ir atletika bo‘yicha 3 karra Olimpiada chempioni Naim Sulaymono‘g‘lu xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakuniga yetdi. Musobaqaning oxirgi kunida Rigina Adashboyeva (-87 kg) hamda Tursunoy Jabborova (+87) shohsupaga ko‘tarilishdi.
- Rigina Adashboyeva dast ko‘tarishda 98 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishdagi 121 kg va ikki kurashdagi 219 kg unga mazkur yo‘nalishlarda bronza medallarni taqdim qildi.
- Tursunoy Jabborova eng yuqori vazn toifasida tengsiz ekanini yana bir karra isbotladi. Qashqadaryolik sportchimiz musobaqani 239 (108+131) kg bilan mutlaq chempion sifatida yakunladi.
Musobaqa yakunida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Nigora Abdullayeva esa ayollar o‘rtasidagi eng yaxshi sportchi deb topildi.