18 Noyabr 2022 527

Kunni xushxabar bilan qarshi olamiz: Svetlana Osipova jahon chempioni!

Meksikada o’tkazilayotgan taekvondo bo’yicha jahon chempionatining yana bir kuni O’zbekiston terma jamoasi uchun omadli o’tdi. +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Svetlana Osipova jahon chempionligini qo’lga kiritdi!

Final bellashuvida Osipova isroillik Dana Arzanni 3 raundda (2:1) mag’lubiyatga uchratdi. Bu bilan Osipova jahon chempionatlarida g’alaba qozongan birinchi taekvondochi qizimiz sifatida tarixda qolmoqda.

Bugun bayrog’imiz qabul qilingan sana. Davlatimiz ramzi mana shunday kunda dunyo birinchiligida eng yuqorida mag’rur hilpiraydi!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech