17 Noyabr 2022
1153
Og'ir atletikachilarimiz xalqaro musobaqada munosib ishtirok etishmoqda
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi kelasi oy Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni Turkiyaning Antalya shahrida davom ettirayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Sportchilarimiz yig‘in doirasida 3 karra Olimpiada chempioni Naim Sulaymono‘g‘lu xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda. Qayd etish joiz, musobaqa murabbiylar shtabi uchun muhim nazorat turniri vazifasini bajarib bermoqda.
- Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, -55 kg vazn toifasida qatnashgan Nigora Abdullayeva dast ko‘tarishda 85 kg, siltab ko‘tarish yo‘nalishida 107 va ikki kurash bo‘yicha 192 kg bilan mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi.
- Shuningdek, -81 kg vaznda porlayotgan Muhammadqodir Toshtemirov ham 337 (153+184) kg bilan 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
- -73 kg vaznda qatnashgan Adhamjon Ergashev dast ko‘tarishdagi 131 kg bilan bronza, siltab ko‘tarish dasturida 184 kg va ikki kurashdagi 337 kg bilan 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.