16 Noyabr 2022 1119

Merganlarimizdan navbatdagi medal

Koreya Respublikasining Tegu shahridan yana bir xushxabar. Mazkur shaharda o’tayotgan o’q otish sporti bo’yicha Osiyo chempionatida O’zbekiston terma jamoasi yana bir medal qo’lga kiritdi. Bu safar ham 10 metrga pnevmatik to’pponchadan otish dasturi e’tiborimiz markazida bo’ldi.

Kecha o’tgan o’smirlar o’rtasidagi jamoaviy yo’nalishdan so’ng bugun yoshlar jamoamiz ham shohsupaga ko’tarildi. Muhammad Kamalov, Ilhombek Obidjonov hamda Nuriddin Nuriddinovdan iborat trio kumush medalni kiritdi.

1. Hindiston 
2. O’zbekiston 
3. Koreya Respublikasi

Text to speech