17 Noyabr 2022 976

Nadiya Dusanovani tabriklaymiz!

Bugun yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nadiya Dusanova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Nadiya Dusanova 1987-yil 17-noyabr kuni dunyoga kelgan. Balandlikka sakrash boʻyicha 3 karra Osiyo oʻyinlari sovrindori, 3 karra Osiyo chempioni, Islom birdamligi oʻyinlari, yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati va boshqa nufuzli musobaqalar gʻolibi hisoblanadi. Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Koʻrsatgan natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Nadiya Dusanovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech