16 Noyabr 2022 947

Jahon sportida nima gap?

  • Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax hamda FIFA prezidenti Janni Infantino Balida oʻtkazilayotgan G20 davlatlar sammitida ishtirok etishdi.
  • Avstraliyaning Brisben shahridagi xalqaro aeroportda 2032-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari mehmonlari uchun yangi terminal qurilishi boshlandi. Loyiha qiymati 3.5 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
  • Dzyudo afsonasi Teddi Riner jarohatidan soʻng mashgʻulotlarga qaytdi. 3 karra Olimpiada chempioni murabbiyi bilan Yaponiyadagi yigʻinda ishtirok etdi.
  • Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasining vakili Mao Genxong shahar musobaqani qabul qilishga shay ekanini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, qoʻshimcha bir yil Oʻyinlarni yanada yuqori saviyada tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish uchun xizmat qildi.
Text to speech