16 Noyabr 2022
1692
Uzoq kutilgan medallar yoxud Nikita Rafalovich va Feruza Sodiqova bronza medali sohiblari!
Taekvondo bo’yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni O’zbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi. Unda bahs olib borgan vakillarimiz Nikita Rafalovich (-87 kg) hamda Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medallarini qo’lga kiritishdi.
Har ikki vakilimiz yarim finalgacha bo’lgan yo’lni muvaffaqiyatli bosib o’tishdi. Biroq final uchun kechgan bahslarda Rafalovich serbiyalik Mehdi Hodabaxshiga, Sodiqova esa gretsiyalik Teopoula Sarvanakiga imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Musobaqaning kelgusi kun bahslari ham terma jamoamiz uchun mana shunday omadli o’tishini tilab qolamiz!