15 Noyabr 2022
780
Merganlarimiz yana shohsupada
Koreyada oʻtayotgan oʻq otish sporti boʻyicha Osiyo chempionatining navbatdagi bahslari ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun sermahsul oʻtdi. Bugun hamyurtlarimiz ikki yoʻnalishda shohsupaga koʻtarilishdi.
10 metrga toʻpponchadan otish dasturi jamoamizning eng kuchli yoʻnalishiga aylanib bormoqda. Kecha Veniamin Nikitin U18 toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, bugun Muhammad Kamalov U20 toifasida bronza medali bilan taqdirlandi.
1. Samrat Rana (Hindiston)
2. Sagar Dangi (Hindiston)
3. Muhammad Kamalov (Oʻzbekiston)
Shuningdek, Veniamin Nikitin, Sodiqjon Abdullayev hamda Muhammadyusuf Haydarovdan iborat trio oʻsmirlar oʻrtasidagi jamoaviy dasturda bronza medali sohibiga aylanishdi.
1. Hindiston
2. Koreya Respublikasi
3. Oʻzbekiston