Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayevni tabriklaymiz!
Bugun boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari chempioni Muhammadqodir Abdullayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Abdullayev Muhammadqodir Mamatqulovich 1973-yil 15-noyabr kuni dunyoga kelgan. Boks boʻyicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻlgan. 2000-yil Sidneyda oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqib, Mustaqil Oʻzbekiston hisobiga yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ilk oltin medalni taqdim qilgan. Shuningdek, professional boksda ham hamyurtimiz yorqin ishtirok etganini taʼkidlash joiz. Abdullayevning qoʻlga kiritgan gʻalabalari davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali“, ”El-yurt hurmati“ ordeni hamda ”Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“, ”Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Muhammadqodir Abdullayevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.