14 Noyabr 2022 1056

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining maskotlari taqdim etildi

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi boʻlajak musobaqaning maskotlarini rasman tanishtirdi. Unga koʻra, frigiya qalpogʻi shaklidagi oʻyinchoqlar musobaqalarning ramzi boʻladi.

Frigiya qalpogʻi Buyuk fransuz inqilobidagi ramzlardan biri hisoblanadi. Oʻsha davrdan beri u fransuzlar uchun “erkinlik” maʼnosini ifodalab kelgan. Rasmiy manbalarning maʼlum qilishicha, Parij-2024 tashkiliy qoʻmitasi Oʻyinlarga mezbonlik qilish orqali sport, xususan, Olimpiya oʻyinlari tarixida oʻziga xos inqilob qilishni koʻzlagan.

Text to speech