14 Noyabr 2022 1160

Oʻzbekiston chempionatiga tayyorgarlik boshlandi

Joriy yilning 23-25-noyabr kunlari poytaxtimizda dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi mamlakat birinchiligi boʻlib oʻtadi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan polvonlar gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Bugun Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida mazkur musobaqaga koʻrilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Federatsiya matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bahslar Markaziy harbiy sport klubi majmuasida boʻlib oʻtadi. Bellashuvlarning xolis baholanishini taʼminlash maqsadida xorijlik referilarning tashrif kutilmoqda.

Murabbiylar shtabi mazkur musobaqa orqali kelasi yilgi mavsum uchun terma jamoaga nomzod sportchilarni yana bir karra koʻzdan kechirib olishadi.

Text to speech