13 Noyabr 2022 1057

Larisa Pavlova 70 yoshda!

Bugun oʻzbekistonlik taniqli voleybolchi, Moskva-1980 Olimpiadasi chempioni Larisa Pavlova 70 yoshni qarshi olmoqda.

Pavlova Larisa Mixaylovna 1952-yil ushbu sanada dunyoga kelgan. Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Qahramonimiz oʻzining ajoyib texnikasi va kuchli zarbalari evaziga Sobiq Ittifoq terma jamoasiga jalb etilgan. 1980-yil Moskva Olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni hamda “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi Larisa Pavlovani bugungi ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi.

Text to speech