12 Noyabr 2022 899

Hasanboy Doʻsmatov – uch karra Osiyo chempioni!

Erkaklar oʻrtasidagi final bahslarini yuqori kayfiyatda boshladik. Rio-2016 Olimpiadasining eng yaxshi bokschisi ushbu qitʼa birinchiligida oʻziga bildirilgan ishonchni toʻliq oqladi. Qozogʻistonlik Saken Bibosinovga qarshi kechgan final jangida oʻzining aniq va kuchli zarbalari evaziga gʻalaba qozonib, uchinchi bor Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Text to speech