12 Noyabr 2022 1449

Taekvondo WT bo‘yicha uzoq kutilgan jahon chempionati haqida qiziqarli ma’lumotlar

3 yillik tanaffusdan so‘ng ertaga Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Dunyoning eng kuchli taekvondochilarini o‘zida to‘playdigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Ushbu materialda chempionat haqidagi ahamiyatli jihatlar haqida ma’lumot beramiz.

Avval terma jamoamiz tarkibiga to‘xtalib o‘tsak. Murabbiylar shtabining qaroriga binoan, chempionatda 16 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi. To‘liq tarkib:

Erkaklar:
- 54 kg: Jahongir Xudoyberidev
-58 kg: Amir To‘rayev
-63 kg: Niyaz Pulatov
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
+87 kg: Marat Mavlonov

Ayollar:
-46 kg: Zuhra Tojimatova
-49 kg: Zarnigor Husniddinova
-53 kg: Sitora Ergasheva
-57 kg: Madina Mirbzalova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-73 kg: Saodatbegim Aliyeva
+73 kg: Svetlana Osipova

Tarkibda Shuhrat Salayev, Nikita Rafalovich, Svetlana Osipova, Feruza Sodiqovadan boshqa barcha sportchilar kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida debyut qilishadi.

Musobaqa Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida katta reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan yanada ahamiyatli. Kuchli beshlikdan joy olgan sportchilar o‘z hisoblarini quyidagi ochkolar bilan boyitishadi:

1-o‘rin: 140.00
2-o‘rin: 84.00
3-o‘rin: 50.40
5-o‘rin: 30.24

Chempionatda hamyurtlarimizning chiqishi quyidagi sanalarga belgilangan:

13 noyabr: Ochilish marosimi
14 noyabr: -80 kg (Shuhrat Salayev), -57 kg (Madina Mirbzalova)
15 noyabr: -87 kg (Nikita Rafalovich), -67 kg (Ozoda Sobirjonova), -62 kg (Feruza Sodiqova)
16 noyabr: -68 kg (Ulug‘bek Rashitov), -49 kg (Zarnigor Husniddinova)
17 noyabr: -74 kg (Jasur Jaysunov), +87 kg (Marat Mavlonov), +73 kg (Svetlana Osipova)
18 noyabr: -63 kg (Niyaz Pulatov), -53 kg (Sitora Ergasheva)
19 noyabr: -54 kg (Jahongir Xudoyberidev), -73 kg (Saodat Aliyeva)
20 noyabr: -58 kg (Amir To‘rayev), -46 kg (Zuhra Tojimatova).

Eng ko‘p ishtirokchini jamlagan vazn: Erkaklar, -68 kg. 60 nafar sportchi.
Eng kam ishtirokchini jamlagan vazn: Ayollar, +73 kg. 25 nafar sportchi.

Davlatlar soni: 122 (qochoqlar jamoasidan tashqari)
Sportchilar soni: 755.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi terma jamoamizga bo‘lajak musobaqada omad va zafarlar tilaydi!

Text to speech