12 Noyabr 2022 874

Bugun Osiyo chempionati yakunlanadi

Bugun Iordaniyada boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetadi. So‘nggi kunda erkaklar o‘rtasidagi final janglari o‘tkazilib, unda 7 nafar vakilimiz qit’a chempionligi uchun ringa ko‘tariladi. Shiddatli o‘tishi kutilayotgan bahslarning juftliklari quyidagicha:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Saken Bibosinov (Qozog‘iston) (15:15 dan so‘ng)

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Serik Temirjanov (Qozog‘iston) (15:40 dan so‘ng)

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Shiva Tapa (Hindiston) (16:10 dan so‘ng)

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Nurkanat Rayis (Qozog‘iston) (16:55 dan so‘ng)

-80 kg: Odiljon Aslonov - Huseyn Iashish (Iordaniya) (17:10 dan so‘ng)

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Aybek Oralbay (Qozog‘iston) (17:40 dan so‘ng)

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) (17:55 dan so‘ng)

Text to speech