10 Noyabr 2022 952

Rustam Yambulatovni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek oʻq otish sporti faxriysi, Moskva-1980 Olimpiadasi sovrindori Rustam Yambulatov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rustam Yambulatov 1950-yil 10-noyabrda tavallud topgan. Stenddan otish boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi, XXII Olimpiya oʻyinlarining kumush medal sohibi (1980), Yevropa kubogi gʻolibi. 1981-yilgi jahon chempionatiga Olimpiada sovrindori sifatida qatnashgan sportchimiz jamoaviy bellashuvlarda gʻolib (1981) boʻldi. Umumjamoa hisobida jahon chempionatining ikki karra kumush medalini (1979, 1985) qoʻlga kiritdi. Ikki karra Yevropa chempioni (1979, 1981), uch karra Yevropa kubogi sohibi (1981) boʻldi. Bir necha bor qitʼa musobaqasida sovrindorlar safidan ham joy olgan. Oʻzbekiston Oliy Kengashi Prezidiumi Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rustam Yambulatovni tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech